25 феврал 2025
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Rossiya-Ukraina urushini darhol to'xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Biroq, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi talab qilgan qattiq ifodalar matnga kiritilmadi.
Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasi 10 ovoz bilan qabul qilindi, besh davlat esa betaraf bo'ldi.
Qaror tinchlik yoʻlidagi muhim qadam boʻlsa-da, tanqidlarga sabab boʻldi, chunki qaror matnida Rossiyaning anneksiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ishora qilinmagan.
Yevropa diplomatlari “tajovuzkor va qurbon” o‘rtasidagi “yolg‘on muvozanat”ni rad etib, Ukraina tinchlik shartlarini o‘zi belgilashi kerakligini ta’kidladi.