SIYOSAT
4 daqiqa o'qish
AQSh Isroilning G‘azodagi urushidan qanday foyda ko‘rmoqda?
Isroilning G‘azoga qarshi olib borgan urushi AQSh iqtisodiyoti uchun qutqaruv halqasidek rol o‘ynadi. Qizig‘i shundaki, Tel – Aviv uchun rekord darajada ajratilgan harbiy yordamlarning 80 foizi, takror Amerika kompaniyalari hamyoniga borib tushdi.
AQSh Isroilning G‘azodagi urushidan qanday foyda ko‘rmoqda?
ABD Prezidenti Trump, İsrail Bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashdi
20 феврал 2025

Vashington 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Tel - Avivga 23 milliard dollar yordam puli ajratdi. Ushbu yordamning hayratlanarli tomoni shundaki, ajratilgan mablag‘ning 80 foizi Amerikada qurol ishlab chiqaruvchilarning qo‘liga qaytdi.

Isroilning G‘azoga qarshi olib borgan urushi AQSh iqtisodiyoti uchun qutqaruv halqasidek rol o‘ynadi. Eng qizig‘i shundaki, Tel – Aviv uchun rekord darajada ajratilgan harbiy yordamlarning 80 foizi, takror Amerika kompaniyalari hamyoniga borib tushdi.

2023 - yilning 7 - oktabridan beri Isroilning harbiy amaliyotlari va Yaqin Sharqdagi tegishli faoliyatlari uchun AQSh sarflagan xarajatlar taxminan 23 milliard dollar ekani aytilmoqda. Bu raqam Vashingtonning Isroilga harbiy yordam ko‘rsata boshlagan 1959 – yildan beri qayd etilgan eng yuqori, hatto rekord darajadagi ko‘rsatkichdir.  

Braun universitetining Uotson instituti qoshidagi «Urush xarajatlari loyihasi» tomonidan chop etilgan tadqiqot hisobotiga ko‘ra, ushbu harbiy yordam shartlari, Isroil hukumatidan pulning yirik qismini Amerika kompaniyalaridan qurol xarid qilib olish uchun ishlatishini talab qilmoqda.

Ushbu qoida Qoʻshma Shtatlaridagi qurol kompaniyalarining doimiy daromad oqimiga ega boʻlishini ta’minlar ekan, ayni vaqtda, kichik va oʻrta Amerika jamoalarida doimiy ravishda mahsulot ishlab chiqarish imkoni ham bermoqda.

«Mahsulotlarning koʻpchiligi AQSh kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlishi shart. Harbiy yordam dasturi qoidalari shuni talab qiladi. Bu tartib – qoida esa anchadan beri shunday davom etmoqda va AQSh, shu va shunga oʻxshash yordamlar ajratish paytida bu haqida ochiq – oydin aytadi», - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Garvard universiteti professori Linda J. Bilmes.

AQShning iqtisodiy manfaatlari va qurol savdosi

Isroil, AQSh kompaniyalaridan «minimal nazorat» ostida toʻgʻridan - toʻgʻri qurol xarid qilib olgan dunyoning kamdan – kam davlatlardan biridir. Bilmesning soʻzlariga koʻra, Bayden yetakchiligi Isroilga boʻlgan tashqi xarajatlarni Amerika iqtisodiyotida ish oʻrinlari yaratish maqsadida ochiq – oydin qoʻllab – quvatlamoqda.

AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari kamayib borayotgan qurol - yaroq va oʻq - dorilarni qayta zaxiralash uchun ishchilar yollamoqdalar. Oq uy, 2025 – yilgi byudjetida, Isroilning favqulodda milliy xavfsizlik ehtiyojlarini qoplashni koʻzlagan 92 milliard dollarlik qoʻshimcha talabini, Amerikaning toʻrt burchagidagi shtatlarda ish oʻrinlarini yaratish va davom ettirish jihatidan qoʻllab – quvvatladi.

Bu holat, siyosiy jihatdan ham muhimdir. Demokratlarni bu yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga qarshi keskin kurash kutmoqda. Tramp esa, Bayden davrida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Amerika iqtisodiyoti bilan muhojirlar siyosatini oʻz kampaniyasining markaziga allaqachon aylantirgan vaziyatda.

Qurol ishlab chiqaruvchilarning roli

Bilmes tadqiqotiga koʻra, Isroilni qurol - yaroq va boshqa jihozlar bilan ta’minlaydigan Boeing, General Dynamics, Lockheed Martin, Northrop Grumman, RTX (sobiq Raytheon) va Caterpillar kabi oltita yirik kompaniya bor. Ushbu kompaniyalar Isroil bilan uzoq yillardan beri savdo aloqalarini davom ettirmoqda va Isroil ular uchun muhim mijoz hisoblanadi.

RTX (sobiq Raytheon)

RTX - dunyodagi eng yirik boshqariladigan raketalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri boʻlib, u uloqtirilganidan soʻng yoʻnalishini oʻzgartira olish xususiyatiga egadir. Kompaniya Isroilga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun havodan quruqlikka raketalar va F-15 hamda F-16 samolyotlari uchun ishlab chiqarilgan dvigatellar sotadi. Shuningdek, u Isroil qurol firmasi bilan qoʻshma korxona sifatida Rafael degan nom ostida bir loyihani amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha qisqa masofaga uchuvchi raketalarni toʻxtatishni koʻzlagan «Temir kumbaz» havo mudofaa tizimining tutqichlarni ishlab chiqaradi.

RTX kompaniyasining bozordagi qiymati, 2023 – yilning 7 – oktabridan beri 84 foizga oshdi.

Lockheed Martin

Lockheed Martin - dunyodagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi shirkatlardan biri boʻlib, u, Isroilga F-16 va F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermoqda. Isroil bu samolyotlardan Gʻazoni bombardimon qilish uchun bemalol foydalanmoqda. Kompaniya, shuningdek, Isroil tomonidan quruqlikdagi amaliyotlarda foydalanilgan C - 130 Hercules deb nomlangan oʻrta va uzoq masofali harbiy transport samolyotlari bilan Apache vertolyotlari uchun AGM - 114 Hellfire raketalarini ishlab chiqarmoqda.

Kompaniya Bosh direktori Jim Taiclet, 2023 - yilning oktabr oyida investorlar bilan uyushtirgan uchrashuvida, Isroilning Gʻazoni nishonga olgan urushini, «kelajakda daromadlarni orttiruvchi potensiyal» sifatida qoʻlga oldi.

Boeing

Dunyoning yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalari roʻyhatining toʻrtinchi qatoridan oʻrin olgan Boeing, Isroil havo kuchlari tomonidan Gʻazo va Livandagi urushlarda keng koʻlamli qoʻllanilgan F - 15 qiruvchi samolyotlari bilan Apache AH - 64 hujum vertolyotlarini ishlab chiqarmoqda. Kompaniya, urush boshlangandan beri moliyaviy jihatdan tiklanish jarayoniga kirdi.

Boshqa foydalanuvchilar

General Dynamics, Northrop Grumman va Caterpillar kabi kompaniyalar ham Isroilning urush harakatlariga katta hissa qoʻshdi. Caterpillar, xususan, Isroilning Gʻazodagi uylarni buzishda foydalanilgan zirhli buldozerlar ishlab chiqarmoqda. Isroil G‘azodagi uylarni buza boshlaganidan beri Caterpillarning bozordagi narxi 52 foizdan oshdi.

MANBA:TRT Global
TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us