Gʻarbning Yerevanni qurol - yarogʻ bilan taʼminlashga urinishlari Kavkazda tinchlik oʻrnashi borasidagi umidlarni jadal ravishda soʻndirmoqda. Ozarbayjonning bunga qanday munosabat bildirishi esa hozircha noma’lum.
Bayden yetakchiligi bilan dunyo kun tartibi Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlar kabi inqirozlar bilan band boʻlar ekan ayniqsa Janubiy Kavkazdagi muammolar e’tiborlardan chetda qolayotgandek.
Oktabr oyining birinchi haftasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, tarixiy bir davrda Yerevanni qurollantirish sa’y - harakatlari yuzasidan Armaniston bilan G‘arb davlatlarini ogohlantirdi.
Aliyev, butunlay yo‘q qilingan ammo 2020 – yili qutqarilgan Jabrayilda yangi tashkil etilgan shaharga qaytgan aholisi bilan suhbatlashdi.
Ana shu paytda Prezident Aliyev, Armanistonga qurol – yaroq yuborgan G‘arb davlatlarining maqsadini surishtirar ekan ayni vaqtda: «Bu voqea oldida Ozarbayjon jimjirt o‘tiradimi yoki yangi qurilgan binolarning nomi tilga olingan qurollar orqali takror yo‘q qilinishini tomosha qiladimi», - degan savol tashladi o‘rtaga.
Shu bilan birga Ozarbayjonning xavfsizligi va rivojlanishi uchun kerakli har qanday chorani ko‘rishini ta’kidladi. Aliyev o‘z so‘zida: «Ular bir tomondan tinchlik haqida gapirar ekan, ikkinchi tomondan yolg‘on aytmoqdalar. Eng yomoni, boshqa jihatdan keng ko‘lamli qurollanish bilan ovoralar», - deya gapirdi.
Sentabr oyida prezident maslahatchilaridan biri, Armaniston qurolli kuchlariga Iroq - Quvayt urushidan keyin Iroqqa nisbatan joriy etilgan mutanosib cheklovlarni joriy etishni taklif qildi.
Uning ta’kidlashicha, bunday chora ko‘rilishi lozim chunki Armaniston Ikkinchi Jahon urushi ortidan xalqaro tizimda qoʻshni hududlarni kuch bilan bosib olishga uringan bir necha davlatdan biri edi.
Ozarbayjon rasmiylarining shu va shunga o‘xshash bayonotlari Ozarbayjon bilan Armaniston tomonidan oxirgi vaqtlarda ifoda etilgan tinchlik haqidagi ehtiyotkor munosabatlarga mutlaqo zid kelmoqda. Eng yomoni, yaxshi niyatlariga soya tushirmoqda. Shunga qaramay bu ifodalar bilan bayonotlar, jiddiy va samimiy ravishda e’tiborga olinishi kerak.
Sekin davom etsa – da tinchlik uchun olib borilgan muzokaralarga Armanistonning qurollanishi xavf tug‘dirmoqda. Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Armanistonga tez – tez qurol yetkazib berilayotgani haqida ma’lumot tarqatar ekan, bir necha ozarbayjonlik mutahassis Armanistonning qurollanish va har ehtimolga qarshi revanshizm uchun vaqt yutish payida ekanini qayd etmoqda.
Shu bilan birga boshqa qarama - qarshiliklar ham mavjud. Shunga koʻra Armaniston Ozarbayjonning harbiy byudjetining yalpi ichki mahsulotining 14 - 15 foizga yetganini iddio etar ekan, Yerevanning oʻzi harbiy xarajatlarini oʻtgan yilga nisbatan 46 foizga oshirdi. Eng qiziqarli tomoni shundaki, Armaniston, qurollanish borasidagi saʼy - harakatlarini yanada kuchaytirmoqda.
Global manzaraning murakkabligiga qaramay, Armaniston bir – birlari bilan zidlashgan boshqa mintaqalardagi manbalardan qurol xarid qilib olishga muvaffaq boʻlmoqda.
Fransiyadan qurol – yaroq jumladan Caesar gaubitsalari bilan AQShdan harbiy yordam olishdan tashqari Eronning qayd etishicha Yerevan iyul oyida Tehron bilan 500 million dollarlik muhim qurol kelishuviga qoʻl qoʻygan.
Armaniston shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zosi sifatida Rossiyadan ham hujumkor harbiy texnika olishni davom ettirdi.
Batafsil: Diplomatik hatti – harakatlarni boshqarish: Ozarbayjonning yuksalishi va Armanistonning izolyatsiyasi
Ilk zarbani Ozarbayjon beradimi?
Armaniston igʻvogar tusdagi qurollanish sa’y – harakatlarini orttirar ekan, Ozarbayjon preventiv (oldini oluvchi) hujum uyushtirish vasvasasiga tushishi mumkin.
Hatto sobiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamraisi James Warlick ham Armanistonning Fransiyadan qurol sotib olishi, tinchlik shartnomasi imzolashga oz qolgan bir paytda Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirganini ta’kidladi.
Warlickning fikricha, Fransiya, Armaniston bilan qurol - yarog‘ borasidagi har qanday shartnomasini faqatgina tinchlik shartnomasi ortidangina tamomlashi kerak.
«Preventiv hujum» tushunchasi, AQShning Iroq va Afg‘onistonga bostirib kirishidan oldin Bush yetakchiligi tomonidan milliy xavfsizlik siyosatiga kiritilganida biroz buzilgan edi, ammo u «o‘zini himoya qilish urushi» dan farqlidir.
Eng asosiy farq vaqtni belgilashdadir. Ya’ni preventiv hujum qilish urushi yaqin tahdidlarni qo‘lga olar ekan, uzoq muddatli potentsial tahdidlarni nishonga oladi. Bu farq juda muhimdir, chunki ko‘pchilik ularni bir – biri bilan chalkashtirib yuboradi.
Preventiv hujum qilish urushi odatda yaqinlashib kelayotgan tahdidning ishonchli dalillariga asoslangan «zaruriyat urushi» sifatida qaraladi va xalqaro huquq ostida, xususan, BMT nizomining 51 - moddasi bilan oqlanadi.
O‘zini himoya qilish urushi esa strategik hisob - kitoblar natijasida yuzaga kelgan va ko‘pincha zamonaviy olimlar tomonidan noqonuniy tajovuz ekani ifoda etilgan «tanlov urushi» sifatida qaraladi.
Armanistonning qurollanish sa’y – harakatlari va tinchlik kelishuvi imzolanmay turib Ozarbayjonning harbiy harakatlar boshlatishi o‘zini himoya qilish emas, preventiv hujum qilish deb qo‘lga olinadi.
Bu Armanistonning xalqaro miqyosda tan olingan Ozarbayjon hududlarini 30 yil davomida bosib olishi bilan yanada mustahkamlanadi; bu ishg‘ol ixtiyoriy chekinish bilan emas, faqatgina Yerevanning 2020 - yildagi urushda mag‘lubiyatiyatga uchrashi bilan yakunlandi.
Shunday ekan, xalqaro huquqqa ko‘ra, Ikkinchi Qorabog‘ urushi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartnomasining 51 - moddasiga muvofiq o‘zini - o‘zi mudofaa qilish harakati edi.
2020 - yilgi urushdan keyin Prezident Aliyev, Ozarbayjon Armaniston tomonidan qanaqadir tahdid his qilgudek bo‘lsa, nomi tilga olingan tahdidlarni Armaniston hududida bartaraf etish uchun choralar koʻrishi haqida bir necha bor aytib o‘tgan. Hatto bu borada Armanistonni ogohlantirgan ham.
Shu bilan birga, Ozarbayjonning ham Armanistonga nisbatan hujum uyushtirish niyati yo‘qligini ta’kidlab, bundan buyon uchunchi urush bo‘lmasligiga ishontirgandi.
Yangi qism
Qonuniy harbiy nishonlarga preventiv hujum uyushtirishlar, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida uzoq davom etgan mojaroning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin.
Avvallari harbiy amaliyotlarning barchasi Ozarbayjonning xalqaro miqyosda tan olingan hududlarida qayd etildi va bu amaliyotlar yuzasidan katta vayronagarchiliklar bilan fojialar ham yuz berdi.
Ammo bundan keyin to‘qnashuv yuz bergudek bo‘lsa, voqea, Armaniston hududida bo‘lishi mumkin. 2020 - yilgi urushda Ozarbayjon armiyasi iloji boricha Armanistonning tan olingan hududlariga kirmaslikka harakat qildi va amaliyotlar faqatgina Ozarbayjon chegaralari bilan cheklandi.
Shuningdek, arman aholisi zich yashaydigan va tinch aholining xavfsizligini ta’minlash uchun Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan Qarabog‘ hududlarga ham kirmaslikka urindi.
Harbiy qudratiga qaramay, Ozarbayjon, tinch aholidan qurbon bermaslik uchun bu hududlardan qochishni afzal ko‘rdi.
Bundan tashqari, 2020 - yilgi urushda, Ozarbayjon amaliyotlarini qadimdan beri ko‘proq ozarbayjonliklar zich yashagan hududlarda o‘tkazdi.
Armanistonning tan olingan hududlarida faqatgina tinch aholidan uzoq nuqtada joylashgan harbiy nuqta nishonga olinib, zarba berildi. 2020 - yilning 14 - oktabrida Ozarbayjon Armanistondagi bir raketa tizimini yo‘q qildi; bu raketa tizimi Ozarbayjon fuqarolarini nishonga olgandi.
Bu zarba raketa tizimining Ganja, Barda va Qorayusufliy kabi mojaro zonasidan uzoqda joylashgan shaharlarni nishonga olib, ko‘plab fuqaro umriga zomin bo‘lganidan keyin, yangi hujumlar boshlanishidan oldin amalga oshirildi.
Bu hujumlarda, xalqaro miqyosda taqiqlangan Cluster qurollar bilan SCUD - B raketalaridan foydalanildi.
Human Rights Watch, keyinchalik Armaniston qo‘shinlari mojaro paytida Ozarbayjon harbiylari bilan fuqarolarini bir – biridan ajratmay to‘g‘ridan - to‘g‘ri hujumlar uyushtirganini tasdiqladi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga ishongan Armaniston, mojaro zonasidan uzoqda joylashgan aholi punktlariga qarshi uyushtirgan hujumlari uchun «jazo olmaymiz» degan fikrda. Chunki, «Ozarbayjon javob bera olmaydı yoki har qanday javob o‘z ittifoqdoshini himoya qilishi uchun Rossiyaning aralashuviga yo‘l ochadi», - deb o‘ylaydi.
Endilikda Armaniston, davom etgan qurollanishi orqali G‘arb tomonidan qo‘llab - quvvatlanish maqsadida Ozarbayjon va G‘arb o‘rtasida muammo tug‘dirishga intilayotganga o‘xshaydi.
Ikkinchi Qorabog‘ urushi ortidan, Ozarbayjon tomonidan Armanistonning tan olingan hududlari ichida amalga oshirilgan bittayu – bitta preventiv hujum, 2022 - yilning 12 - sentabrida sodir bo‘ldi.
O‘sha paytda Ozarbayjon qo‘shinlari Armaniston tuproqlarida tinch aholi qurbonlarisiz 1 milliard dollardan ortiq qiymatga ega bo‘lgan Armaniston harbiy infratuzilmasini aniq boshqariladigan o‘q - dorilar orqali yo‘q qildi.
Ana shu davrlarda, yuqorida nomi tilga olingan infratuzilma Ozarbayjonning himoyasiz hamda yangi ozod qilingan Kalbajar va Lochin mintaqalariga chuqur tahdid solayotgan edi.
Ozarbayjonni asosan ikki masala tashvishga solayotgan edi. Ulardan biri Armanistonning Fransiya, Hindiston, Eron va AQSh yordamida qurollanishi; ikkinchisi esa Armanistondagi revanshist his - tuyg‘ularning ortishi.
Ozarbayjon rasmiylari bilan ommaviy axborot vositalari, ham Armaniston jamoatchiligi ham da Armanistonning xorijiy homiylarini ogohlantirmoqchi bo‘ldilar.
Teranglashgan o‘zaro ishonchsizlik tufayli Ozarbayjon, Armanistonning Qorabog‘ bilan aloqali yashirin rejasi yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun asosan ikkita shart qo‘ygan. Ulardan biriga ko‘ra Armaniston o‘zining Konstitutsiyasidan anneksiya moddasini olib tashlashi zarur. Ikkinchisiga ko‘ra esa, har ikkala mamlakat ham Minsk guruhini bekor qilish uchun birgalikda murojaat qilishi lozim.
Ozarbayjon nafaqat Armanistonga, balki G‘arbga ham ishonmaydi. Hatto, 2020 - yilgi urushdan oldin ham Ozarbayjonda, G‘arbning Qorabog‘ mojarosi bilan bog‘liq liberal ikkiyuzlamachiligiga nisbatan kuchli ishonch bor edi.
Bu his - tuyg‘u Armanistonning kuchayib borayotgan qurollanishi va Fransiya bilan AQSh kabi mamlakatlardan olayotgan yordami bilan yanada mustahkam tus oldi.
Ozarbayjonni qoralash va ogohlantirish boshqa narsa ammo Ozarbayjon hududlarini ishg‘ol qilgan bir mamlakatga qurol yetkazib berish butunlay boshqa masaladir. Bu holat mintaqada tinchlik o‘rnatib, ishonch baxsh etish uchun hech qanday ijobiy hissa qo‘shmaydi.