DUNYO
5 daqiqa o'qish
Global isish: insoniyat va sayyoraning burilish nuqtasi
O‘tgan 2024 - yilning 29 - oktabrida Ispaniyaning janubi - sharqidagi aholi, 220 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan va infratuzilmaga katta ziyon yetkazgan halokatli sel va suv toshqinlari bilan uyg‘ondi.
Global isish: insoniyat va sayyoraning burilish nuqtasi
Ispaniyada yuz bergan suv toshqini ortesida tozalash va ta'mirlash ishlari davom etmoqda
18 феврал 2025

Global haroratning 1,5 darajada isishi halokatli oqibatlardan dalolat beradi. To‘g‘rirog‘i bu holat dengiz sathining ko‘tarilishi va ekotizimning qulashinini tezlashtiradi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: bu holat vaqtinchalikmi yoki shunday davom etaveradimi?

O‘tgan 2024 - yilning 29 - oktabrida Ispaniyaning janubi - sharqidagi aholi, 220 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan va infratuzilmaga katta ziyon yetkazgan halokatli sel va suv toshqinlari bilan uyg‘ondi.

 Bir yillik yomgʻirga teng boʻlgan miqdordagi kuchli yogʻingarchilik yoʻl ochgan bu sellar Yevropada birinchi marotaba qayd etilmadi va global isish, sayyoraga misli koʻrilmagan darajada tez – tez va shiddatli ravishda ta’sir qilgani bois bu oxirgisi ham emasdek.

 Sayyoramiz anchadan beri olimlar tomonidan ogohlantirish maqsadida aytib kelinayotgan kritik chegaralarni oshdi va misli koʻrilmagan darajada yirik hisoblangan iqlim oʻzgarishini boshdan kechirmoqda. Oxirgi hisobotlarga koʻra oʻrtacha global harorat sanoatdan oldingi davrga (1850-1900) nisbatan 1,5 darajadan oshgan.

 Bu o‘sish keng jamoatchilik uchun unchalik katta emasdek tuyilishi mumkin ammo bu holat dengiz sathining ko‘tarilishiga, tez - tez va shiddatli ravishda tabiiy ofatlar bilan buyuk bioxilma - xillikning yo‘qolishiga olib keladigan iqlim inqirozini tezlashtiradi. Eng yomon jihati shundaki, bu orqali insoniyat va sayyoramiz ekotizimlar kelajagiga jiddiy tahdid soladi.

Jahon Meteorologiya Tashkiloti tomonidan o‘tgan oy e’lon qilingan hisobotlardan biri, issiqxona gazlari kontsentratsiyalari 2023 - yili rekord darajaga yetgani va buning kelasi yillarda global haroratlarning muntazam ravishda ko‘tarilishidan dalolat berishini o‘rtaga qo‘ydi. 

Global isishning asosiy omili bo‘lgan karbonat angidrid, insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan darajadagi tezlikda atmosferada to‘planib, atigi yigirma yil ichida 10 foizdan ortiq o‘sish qayd etdi.

Bu esa avvalom bor qazib olinadigan yoqilg‘i chiqindilari bilan bog‘liqdir. Bu xavotirli tendentsiya, bizning sayyoramiz avvalgi holatiga qaytmaydigan nuqtaga yetib kelgani va unda tez orada iqlim falokati yuz berishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Olimlar 2024 - yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishini taxmin qilayotgan edi. Yevropa ittifoqining Kopernik dasturining bir boʻlagi hisoblangan Iqlim oʻzgarishi boʻyicha xizmati, 2024 - yilning 22 - iyul kunini «zamonaviy tarixdagi eng issiq kun» deb baholadi. Chunki, nomi tilga olingan sanada global harorat bir kunda oʻrtacha 17.15 darajaga yetib, tarixiy rekord qayd etdi.

Oʻrtacha haroratning koʻtarilishi nafaqat yuqori maksimal va minimal harorat, balki noqulay ob - havo sharoiti yuzasidan paydo boʻluvchi hodisalarning ortish ehtimolidan ham xabar bermoqda. Jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarining ayrim hududlarida joriy yilning yozida kuzatilgan jazirama to‘lqinlar, Janubiy Yevropadagi halokatli toshqinlar va Janubiy Amerikadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari shular jumlasidandir.

Va butun dunyoda, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda yashagan xalqlar ushbu noqulay ob – havo sharoiti yuzasidan paydo boʻlgan voqealarning badalini ogʻir toʻlamoqda. London Imperial kolleji tomonidan yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlardan biri shuni koʻrsatdiki, 2004 -  yildan beri 570 000 nafardan ortiq oʻlim 10 ta jiddiy iqlim falokati bilan bogʻliqdir. Avj olgan issiq havo yoʻl ochgan ocharchilik tufayli 258 ming nafar inson umriga zomin boʻlgan va 2011 – yili Soʻmalida qayd etilgan qurgʻoqchilik buning yaqqol namunasidir.

 Yoʻqolib borayotgan mamlakatlar

Olimlarning qayd etishicha sanoat faoliyatlarining davom etishi bilan nazoratsiz gaz chiqindilari yuzasidan asr oxiriga qadar global harorat 2,7 darajaga oshishi mumkin.

Ushbu dahshatli stsenariyning halokatli oqibatlar tugʻdirish ehtimoli yuqori. Shu jumladan Bangladesh, Maldiv orollari va Misrning qirgʻoq shahri Iskandariya kabi barcha mamlakat xalqlari bilan orollari suv ostida qolishi mumkin. Bu holat shu bilan birga oziq – ovqat xavfsizligiga tahdid soladi. Kamiga ekotizimlarni buzib, global iqtisodiyotni zaiflashtiradi.

Afsuski, atrof - muhit resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va inson faoliyatlari tufayli bu noqulay ob - havo sharoitlarining javobgarchiligi insonlarga oid.

Olimlar noqulay ob - havo sharoitlarining jadal tus olishini atmosferadagi issiqxona gazlari kontsentratsiyasining oshishi bilan bog‘liq ekanini ifoda etmoqda. Chunki bu holatlar, o‘rtacha haroratning sezilarli darajada oshishiga yo‘l ochmoqda.

Bu xavfli vaziyatni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish «iqlim jahannami»ga o‘xshatar ekan, ayni vaqtda butun dunyoni yer yuzi avvalgi holatiga qaytmaydigan nuqtaga yaqinlashib borayotgani borasida ogohlantirdi.

Guterrish butun dunyoni shuningdek kam uglerodli, samarali va ekologik jihatdan barqaror iqtisodiyotni o‘z ichiga olgan yashil iqtisodiyotga tezroq o‘tishga chaqirdi. Rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishni tezlashtirishga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bunga qo‘shimcha ravishda kam ta’minlangan mamlakatlarning chiqindilarni kamaytirishi va global isishning muqarrar oqibatlarini bartaraf etishiga yordam berilishi uchun moliyaviy jihatdan yordam berishga chaqirdi.

Majburiyatlar va siyosatlar

Mamlakatlar iqlim o‘zgarishining eng yomon ta’siridan qochish maqsadida havo haroratini 1.5 darajadan past tutishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda tuzilgan Parij kelishuviga qaramay majburiyatlar bilan amaldagi siyosatlar o‘rtasidagi tafovut yildan - yilga kengayib bormoqda. Xalqaro reaksiyalar esa muammoning qanchalik katta ekanini qo‘lga olish uchun ko‘pincha yetarli emasdek.

Yaqindagina umidsizlikka yo‘l ochgan masalalardan biri, Ozarbayjondagi COP29 raisligi tomonidan taklif qilingan moliyaviy kelishuv loyihasi edi. Ushbu kelishuv talabiga ko‘ra sanoat faoliyatlari tufayli iqlim inqirozidan tarixiy jihatdan mas’ul bo‘lgan boy mamlakatlar, kambag‘al davlatlarning iqlim o‘zgarishining ta’sirini qo‘lga olishiga yordam berish uchun 2035 – yilga qadar yiliga 250 milliard dollar ajratishi kerak. 

Ammo bu taklif har tomondan tanqidga uchradi, chunki yuqorida qayd etilgan raqam iqlimga moslashish uchun har yili kerak bo‘ladigan 400 milliard dollarga yetmaydi.

 

Bu siyosatlar nafaqat adolatsiz, balki millionlab insonlar hayoti bilan o‘ynaydi, ayniqsa Afrika va kichik orol davlatlari kabi himoyasiz mintaqalarda.

Istiqbolli yechimlar

Iqlim inqirozining eng yomon ta’siridan qochish uchun hali ham umid bor. BMTning ta’kidlashicha, joriy texnologiyalar 2030 va 2035 yillarga borib chiqindilarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar, global uglerod chiqindilari 2030 – yilga borib 45 foizga kamayishi va 2050 - yilga qadar esa butunlay yo‘q qilinishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Asosiy harakatlar orasida Milliy moslashish rejalarini amalga oshirish, yangi qazib olinadigan yoqilg‘i loyihalarini to‘xtatish, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni 2030 – yilga qadar 30 foizga kamaytirish, ko‘mirni 2040 - yilgacha bosqichma - bosqich foydalanishdan chiqarish va boy mamlakatlarning kerakli moliyaviy resurslarni ta’minlashi o‘rin olgan. Yechimlar ayni vaqtda o‘rmonlarni ko‘paytirish, aholini himoya qilish, erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish va barqaror xatti - harakatlar orqali xabardorlikni oshirishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun insonlar, hukumatlar va tashkilotlarning kuchli majburiyati talab qilinadi.

Iqlim inqirozi nafaqat ekologik inqiroz, balki bu bizning insoniyligimiz va hamkorlik qilish hamda birgalikda ishlash qobiliyatimizning sinovidir. Bugun biz guvohi bo‘layotgan falokatlar, shoshilinch ravishda choralar ko‘rishga chaqiruvchi ogohlantirish signallari bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: biz bu mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyormizmi yoki yer yuzi oldingi holatiga qaytmaydigan nuqta tomon ketayotganida shunchaki tomosha qilib qolaveramizmi?

 


 

 

 

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us