Ittifoqdoshlarining cheklovlariga ma’ruz qolgan Turkiya mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqarish orqali insonsiz havo transportlari tarmog‘ida liderga aylandi.
Harbiy insonsiz havo transportlari global bozorda keskin o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. AQShda joylashgan Yangi Amerika Xavfsizlik Markazi (Center for a New American Security - CNAS) tomonidan yaqinda e’lon qilingan bir hisobotga ko‘ra Turkiya dunyo miqyosida qurolli – qurolsiz insonsiz havo transportlari ta’minotida eng katta ulushga ega mamlakat sifatida birinchi o‘rinda.
Bu yuksalish AQSh va Isroil kabi sobiq liderlarni ortda qoldirib, insonsiz havo transportlarining butun dunyoda yoyilishi borasida yangi davrni boshlab berdi.
Shu oy boshida e’lon qilingan Yangi Amerika Xavfsizlik Markazi hisobotiga ko‘ra 2018 – yildan beri Turkiya, Xitoy va AQSh dunyoning 40 ta davlatiga jami 69 ta insonsiz havo transporti sotgan.
Bu savdolarning 65 foizi Turkiyaga oid ekan undagi Xitoyning ulushi 26, AQShning ulushi esa atigi 8 foiz ekani qayd etildi.
Turkiya liderlikni qanday qo‘lga kiritdi?
Mutaxassislarning fikricha, Anqara mahalliy mudofaa sanoatiga alohida e’tibor berish orqali Turkiyani insonsiz havo transportlari bozorida liderga aylantirdi.
«Ayniqsa AQSh va Isroil kabi ittifoqchi davlatlar texnologiya transferini cheklagani oz kelgansib, sotishni ham rad etdi. Shunday nozik bir davrda Turkiya, mudofaa tarmogʻidagi xorijiy texnologiyaga ulasishda qiynaldi. Xuddi shunday toʻsiqlarni yengib oʻtish sa’y – harakatlari natijasida Turkiya ilgʻor insonsiz havo transportlari ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatga erishdi », - deydi Hasan Kalyoʻnju nomidagi universitetning Siyosatshunoslik boʻlimi oʻqituvchisi dotsent doktor Murat Aslan.
Yana Aslanning ta’kidlashicha insonsiz havo transportlari ilk ishlab chiqarilganida kashfiyot, kuzatish va oʻq uzish kabi yordamchi vazifalarda foydalanilgan oddiy tizimlar edi. Ammo vaqt oʻtishi bilan insonsiz havo transportlari turli yuklarni tashiy olish kuchiga ega murakkab platformalarga aylandi va bu holat zamonaviy urushdagi rolini sezilarli darajada kengaytirdi.
Mudofaa sanoatining roli
Turkiyaning global insonsiz havo transportlari bozoridagi liderligi Baykar, Roketsan va Aselsan kabi mudofaa kompaniyalarining muvaffaqiyatiga borib taqaladi.
Baykarning «Bayraktar TB2» insonsiz havo transporti ayniqsa Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasidagi Qorabogʻ urushida qoʻllanilgan va mamlakatning insonsiz havo transporti texnologiyasidagi muvaffaqiyatining ramzi hisoblangan mahsulotga aylandi.
«Bayraktar TB2» dan tashqari Baykar tomonidan ishlab chiqilgan va «Akinji» deb nomlangan insonsiz havo transporti esa yana – da rivojlangan hamda yuqori balandlik xususiyatlariga ega mahsulotlardandir. Turkiya u orqali, yuqori texnologiyali insonsiz havo transporti ishlab chiqaruvchi degan nomini yana – da mustahkamladi.
Murakkab sayohat
Turkiyaning yuqori pogʻonaga koʻtarilishi oson boʻlmadi. Mamlakat dastlab butlovchi qismlarni sotib olishda qiyinchiliklarga duch keldi va shu bois oʻz tizimlarini ishlab chiqarishga qaror qildi.
Aslan, Turkiyaning insonsiz havo vositalarini ishlab chiqish jarayonida muhim toʻsiqlarga ma’ruz qolganini ifoda etmoqda.
«Turkiya 1990 - yillarda Isroilda ishlab chiqarilgan Heron nomidagi insonsiz havo transportlarini sotib olmoqchi boʻlganida, operatsion cheklovlar bor edi. Shulardan biriga koʻra tizimlar turk operatorlari tomonidan emas, balki isroillik xodimlar tomonidan boshqarilishi shart edi», - deydi u.
Bu qaramlilik va xorijiy insonsiz havo transportlaridan zarur vaqtda ma’lumot olishdagi kechikishlar, Turkiyani oʻzining insonsiz havo transporti ishlab chiqarish dasturini ishga tushirishga undadi.
Roketsan bilan Aselsan kabi mudofaa tarmogʻining muhim kompaniyalari ham bu jarayonda Turkiyaning yuksalishiga hissa qoʻshdi. Roketsan, raketa tizimlari va insonsiz havo transportlari uchun qurol integratsiyasiga ixtisoslashgan boʻlsa; Aselsan insonsiz havo transportlari imkoniyatlarini oshiruvchi ilgʻor avionika, aloqa va elektron harb tizimlari ustida ish olib bormoqda.
Oltita davlat 2022 - yili birinchi marta insonsiz havo transporti bozoriga kirib borar ekan, ularning barchasi Baykarning «Bayraktar TB2» rusumini tanladi. Bu holat Turkiyaning jahon bozoridagi hukmronligini mustahkamladi.
Oʻz kuchlari bilan muvaffaqiyatga erishish
Turkiyaning insonsiz havo transportlari ishlab chiqarishdagi muhim qadamlardan biri, mahalliy texnika va ishlab chiqarish quvvatini rivojlantirish edi.
Aslanning ta’kidlashicha, Turkiya ta’minotdagi asosiy muammolarini hal qilish uchun komponentlarni diversifikatsiya qilgan yoki mahalliy qismlarda ishlab chiqarishni boshlagan.
«Turkiya asosiy qismlar borasida embargolarga duch kelishiga qaramay, ishlab chiqarishda multiplikativ effekt yaratishga muvaffaq boʻldi. Ayniqsa, xorijiy tizimlarga qaram boʻlishlik milliy xavfsizlikni kafolatlay olmasligini anglab yetganimizdan keyin jadal tus oldi», - deydi u.
ANKA kabi noyob dizayn va imkoniyatlarga ega boʻlgan insonsiz havo transportilarining ishlab chiqilishi Turkiya mudofaa sanoatida yirik burilish nuqtasi boʻldi.
Turkiyaning insonsiz havo transporti ustidan yoʻlga qoʻygan eksporti keskin ortib, 2021 - yili Xitoyni ortda qoldirdi. Baykar, 2000 – yillarning boshidan beri ishlab chiqargan mahsulotining 83 foizini eksport qildi va 2022 – yilga kelib undan 1,8 milliard dollar daromad olishga muvaffaq boʻldi.
CNAS hisobotiga koʻra, AQSh bilan Isroilning insonsiz havo transporti bozoridagi hukmronligi allaqachon toʻxtagan va bozorni Turkiya, Xitoy va Eronning tejamkorroq muqobillari egallab olgan.
Bu ragʻbat qurolli insonsiz havo transportlarining global transferini sezilarli darajada orttirar ekan, Turkiyani oldingi qatorlarga olib chiqdi.
Turkiyaning Baykar, Roketsan va Aselsan kabi kompaniyalar boshchiligidagi harbiy insonsiz havo transporti ishlab chiqarishda yetakchi davlatga aylanishi; global harbiy kuch muvozanatlarida yana – da kengroq qayd etilgan oʻzgarishlarning natijasida ishga oshdi. «Bayraktar TB2» bilan «Akinji» kabi arzon, yuqori texnologiyali insonsiz havo transportlari zamonaviy urushni qayta shakllantirib, Turkiyani ushbu muhim mudofaa tarmogʻida markaziy oʻringa joylashtirmoqda.
Hasan Kalyoʻnju nomidagi universitet oʻqituvchisi Aslan, qurolli insonsiz havo transporti ishlab chiqarish faqatgina bir platforma degani emasligini ifoda etar ekan ayni vaqtda nomi tilga olingan platformada oʻq - dorilar bilan boshqaruv tizimlarining ham muhim oʻrni borligini ta’kidlamoqda.
U mavzu haqida shuningdek, «Roketsan ilgʻor oʻq - dorilarni ishlab chiqishda muhim rol oʻynadi. Aselsan esa elektr va elektronik jihatdan yordam beradi va Havelsan kerakli dasturiy ta’minotni ishlab chiqdi.
Ushbu davlat mudofaa kompaniyalari insonsiz havo transporti modellarini yaratishda yetakchi rol o‘ynadi. Ammo mahalliy oʻq – dorilar ishlab chiqarilmasa, Turkiya tashqi ta’minotchilarga qaram boʻlib qolaverar edi». – deya gapirdi.