25 феврал 2025
Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich yangi tayinlangan Bosh shtab rahbari Eyal Zamir boshchiligida armiya G’azoni bosib olishga tayyorgarlik ko’rayotganini, bu jarayon AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Smotrich Falastinning qarshilik harakati XAMASni qattiq ogohlantirib, halokatli hujumni va'da qildi.
U, shuningdek, urushni boshlashga qaror qilganda, Isroil birdamlik va katta kuch bilan harakat qiladi va Isroil G'azoni qanday egallab olganidan hamma hayratga tushishini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp ma’muriyati Isroilning G‘azoni bosib olishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.