DUNYO
5 daqiqa o'qish
Tramp ekspansiyachimi? AQShning Amerikadagi ishgʻoliga bir nazar
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp, 20 - yanvar kuni o‘zining inauguratsiyasi oldidan Amerikaning interventsion (mudoxalachi) o‘tmishini yodga soluvchi ekspansionistik g‘oyalarini ilgari surdi.
Tramp ekspansiyachimi? AQShning Amerikadagi ishgʻoliga bir nazar
Tramp
19 феврал 2025

Saylangan prezidentning koʻzi Kanada, Grenlandiya va Panama kanalida. Trampning ihtiroslari haqiqatmi yoki ataylab gijgijlash maqsadidami noma’lum ammo Amerika istisnoligida yangi qirralar ochib, tarix takrorlanadimi yoki yoʻq degan savol tugʻilishiga sababchi boʻlmoqda.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp, 20 - yanvar kuni o‘zining inauguratsiyasi oldidan Amerikaning interventsion (mudoxalachi) o‘tmishini yodga soluvchi ekspansionistik g‘oyalarini ilgari surdi.

U o‘zining so‘nggi bayonotlaridan birida Kanadani AQShning 51 - shtati bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek Panamadan o‘zining muhim kanali nazoratini topshirishini talab qilib, Daniya hududi hisoblangan Grenlandiyani milliy xavfsizligi uchun AQShga topshirishini so‘radi.

Tramp Mar – a - Lagodagi matbuot anjumanida: «Insonlar Daniyaning bu yerda qonuniy haqqi bor yoki yo‘qligini ham bilishmaydi lekin agar shunday bo‘lsa ham undan voz kechishlari kerak», - dedi

Trampning mustaqil davlatlarning hududlari haqidagi dadil iddiolari global munozaralarni takror qoʻzgʻatgan boʻlishi mumkin ammo AQShning Amerika qit’alaridagi aralashuvlarining tarixi, tanish voqea haqida gapirib bermoqda.

Chunki Vashington bu borada bir necha bor oʻz ta’sir kuchini koʻrsatdi. Malasan 19 - asr oʻrtalarida Meksikaning shimoliy hududlari, shu jumladan Kaliforniyani bosib olishdan tortib Markaziy Amerikadagi oʻnlab yillar davom etgan harbiy aralashuvini aytish mumkin.

Bu bayonotlar demokratlar uchun dahshatlidir albatta ammo u ayni vaqtda AQShning Amerika qit’alaridagi ishgʻollari, Manifest Destiny va Monroe doktrinasi asosida qoʻlga kiritgan hududlari, agʻdarilgan hukumatlar va qurilgan rejimlarning uzoq va munozarali tarixini yaqqol ochib bermoqda.

Harakatlarni mafkura sifatida koʻrsatib berish

Oʻz chegaralaridan tashqarida, AQSh Janubiy Amerikada Amerikaga qarshi rejimlarni agʻdarishda muhim rol oʻynab, ortida tartibsizliklar merosini qoldirish orqali Argentina, Braziliya, Chili va Boliviyaning siyosiy manzaralarini shakllantirdi.

AQSh, Amerika qit’alarida kamida oltita davlatga harbiy jihatdan aralashdi.

Meksika

AQSh 1846 - yil Meksikaga urush e’lon qildi. Ushbu mojaro 1848 - yilgi Gvadalupe Hidalgo shartnomasiga olib keldi va bu esa Meksikani oʻz hududining yarmidan koʻpini, shu jumladan hozirgi Kaliforniya, Nevada va Arizonani berishga majbur qildi.

Shartnoma, shuningdek, uch yil oldin anneksiya qilib olingan Texas ustidan AQSh nazoratini mustahkamladi. Urush Amerika chegaralarini kengaytirar ekan, hatto uning ishtirokchilari orasida ham achchiq iz qoldirdi.

Keyinchalik AQSh prezidenti bo‘lgan Ulysses S. Grant bu urushni «kuchli davlatning zaif davlatga qarshi olib borgan eng adolatsiz urushlardan biri» sifatida qoraladi. Bu ko‘z qarash haligacha Amerika tarixining ushbu bobiga soya tushirishni davom etmoqda.

Kuba

Kubaning AQSh bilan girdobli munosabati, Ispaniya orol nazoratini Vashingtonga topshirgan 1898 – yilgi Ispaniya - Amerika urushidan keyingi ikki ishg‘ol davrini o‘z ichiga olmoqda.

Kuba ikki marotaba AQSh tomonidan bosib olindi. Ulardan biri 1898 – yildagi Ispaniya - Amerika urushi ortidan, ikkinchisi esa 1906 - yil orolni barqarorlashtirish bahonasida qayd etildi.

Birinchi ishg‘ol (1898-1902), ayrim tarixchilar tomonidan Amerika yetakchiligidagi «millat qurilishi» ning dastlabki prototipi sifatida ko‘rilgan bir davr bo‘lib, AQShning Kuba mustaqilligini tan olishi bilan yakunlandi.

1906 - yili boshlangan ikkinchi bosqin, AQSh tomonidan qo‘llab - quvvatlangan bir hukumatning qulashi ortidan paydo bo‘lgan siyosiy beqarorlik natijasida yuzaga keldi. Bu ishg‘ol 1909 -  yili Amerika tarafdori bo‘lgan José Miguel Gómezning prezident bo‘lib saylanishi bilan yakunlandi.

Kubani barqarorlashtirishni ko‘zlagan ushbu aralashuvlar, zamonaviy tarixini shakllantiruvchi orolning AQSh oldida qay darajada zaif ekanini ta’kidladi.

Nikaragua

O‘rta Amerikaning aholi soni jihatidan eng yirik davlati hisoblangan Nikaragua, 20 - asr boshlaridagi «Banan urushlari» davrida AQSh aralashuvining asosiy markaziga aylandi.

Nikaragua 1838 - yili mustaqillikka erishishiga qaramay liberallar va muhofazakorlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bilan xarakterlangan o‘zgaruvchan siyosiy manzarasi orqali Amerika uchun imkon yaratdi.

1912 - yili muhofazakor liderlar chaqirig‘iga javob bergan AQSh qo‘shinlari mamlakatni bosib oldi va 1933 - yilgacha davom etadigan harbiy o‘rnini saqlab qoldi.

Vashington yigirma yilga qadar mintaqaning notinch mudoxala tarixida asosiy o‘yinchi sifatida o‘z rolini kuchaytirib, Nikaraguaning siyosiy va iqtisodiy hayoti ustidan katta kuch qozondi.

Gaiti

Gaitining AQSh aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixi, bugungi kunda beqarorlikka qarshi olib borilayotgan kurashlarini aks ettirmoqda.

Ushbu orol o‘lkasi 1915 - yildan 1934 – yilgacha, ijtimoiy - iqtisodiy tartibsizliklarni bartaraf etish bahonasi bilan deyarli yigirma yil Amerika ish‘oliga ma’ruz qoldi.

Aslida, bu aralashuv Gaiti Amerika shakar kompaniyasi (HASCO) va Nyu - York yetakchiligidagi markaziy bank kabi AQShning tijoriy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan edi.

Ishg‘ol Gaitida chuqur iz qoldirib, uning siyosiy manzarasini qayta shakllantirdi va shu bilan birga xorijiy nazoratga qarshi norozilikni kuchaytirdi. Bu dinamika, mamlakat boshqaruvi bilan xavfsizlik inqirozlariga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda aks – sado berishni davom ettirmoqda.

Dominika Respublikasi

Shunga o‘xshash ravishda, Dominika Respublikasi 1916 - yildagi davlat to‘ntarishidan keyin G‘arbning iqtisodiy manfaatlari qanchalik zaifligini ta’kidladi. Ortidan esa AQShning aralashuviga yoki mudoxalasiga duch keldi. Qarz va siyosiy qarama – qarshiliklar girdobida qolgan Dominika davlati, Karib dengizidagi Amerika nazorati uchun umuman boshqa sahnaga aylandi.

1924 - yilgacha davom etgan AQSh ishg‘oli, mintaqani barqarorlashtirish va Lotin Amerikaning eng yirik oltin konlaridan biriga erishishni kafolatga olishni ko‘zlagan edi. Mamlakatning oltin konlari hozirgi kunda Kanadaning Barrick Gold (60% ulush) va AQShning Newmont oltin kompaniyalari (40% ulush) tomonidan boshqarilmoqda.

Panama

1903 - yili AQSh ko‘magida Kolumbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan Panama, 20 - asr oxirigacha Vashington tomonidan qurilgan va nazorat ostiga olingan global savdo uchun muhim arteriya hisoblangan Panama kanalining maydoniga aylandi.

Asosan AQSh tomonidan 1903 - 1914 yillar orasida qurilgan Panama kanali 1977 - yilgacha Vashingtonga tegishli edi va Vashington tomonidan boshqarildi. Ushbu strategik boʻgʻozni 1999 – yilga qadar Panama bilan AQSh birgalikda nazorat qildi.

1989 - yili Prezident George H. W. Bush boshchiligidagi Qoʻshma Shtatlari, bir vaqtlar Markaziy razvedka boshqarmasining ittifoqchisi boʻlgan, keyinchalik esa isyonchi harbiy hukmdorga aylangan Manuel Noriegani agʻdarish uchun ishgʻol boshlatdi.

Noriega, mamlakat qurolli kuchlarini parchalagan AQSh harbiy amaliyoti natijasida agʻdarildi. AQSh ishgʻoli Amerika tarafdori boʻlgan bir yetakchining davlat rahbari sifatida qasam ichishi ortidan 1990 – yillar boshida yakun topdi.

Trampning Kanada, Grenlandiya va Panama kanaliga nisbatan ritorik takliflari haddan tashqari ajoyib tomoshadek tuyulishi mumkin, ammo ular chuqur haqiqatni yodga solmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, Amerika Qoʻshma Shtatlari uzoq vaqtdan beri Amerika qit’asidagi kuchini kengaytirish uchun oʻzining harbiy va siyosiy qudratidan foydalanmoqda.

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us