Coupes - coupes: Chadning fransuz qatliomidagi azoblari
DUNYO
7 daqiqa o'qish
Coupes - coupes: Chadning fransuz qatliomidagi azoblariCoupes – coupes qatliomi tarix sahifalarida Pala yili, Sanatul - huzn ya’ni Qayg‘u yili degan nomlar bilan ham qayd etilgan.
9 соат олдин

Chadliklar bir asrdan ortiq vaqt oldin mustamlakachi kuchlar tomonidan qo‘l urilgan dahshatlarni hisobga olgan holda, sobiq mustamlakachi Fransiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish jarayonida o‘z hukumatini yolg‘z qo‘ymaslikka urinmoqda.

Ba’zi yaralar bitmaydi va ular o‘tmishdagi adolatsizliklar azobi kabi yiringlab kemiraveradi.

Fransuz mustamlakachiligining yaralari, eng og‘ir zulm davrlaridan birining eng dahshatli jihatlarini boshdan kechirgan bir avlodning, umumiy xotirasiga muhrlanib qolgan. Gap, 1917 - yilning 15 – noyabri kuni Abeshe shahrida sodir bo‘lgan mashhur Coupe - Coupe qatliomi haqida ketmoqda. Shu bois ham dunyoda fransuz mustamlakasini chadliklardek terang his qilgan yoki bilgan boshqa xalq yo‘qdir.

«Fransiya daf bo‘lsin, Chad esa biz bilan!» Bu g‘azabli so‘zlar Markaziy Afrikada yangrar ekan, bu holat, oxirgi yillarda Fransiyaning Afrikadagi harbiy o‘rni sezilarli darajada kamayganidan ham dalolat bermoqda.

Chad Tashqi Ishlar vazirligi 29 - noyabr kuni Fransiya bilan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Jan - Noel Barrotning tashrifi va bir kun avval prezident Mahamat Idriss Debi Itno bilan o‘tkazgan uchrashuviga to‘g‘ri keldi.

Fransiya, 2019 - yilning 5 - sentabridagi kelishuvning bekor qilinishiga kutilganidek ehtiyotkorona ravishda javob qaytarar ekan, Chad, oʻz hududida suveren huquqi borligini ta’qiqladi.

Koʻp oʻtmay, toʻgʻrirogʻi 5 – dekabr kuni, mamlakatning toʻrt burchagida Fransiya harbiylariga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirildi va tez kunlarda N’Djamena va Abeshe kabi yirik shaharlarga yoyilib ketdi.

Bundan faqatgina oʻn kun oldin Abesheda aytilgan juma xutbasi, Chad koʻchalarida avj olgan va fransuzlarga nisbatan his qilingan salbiy tusdagi tuygʻularni ifodalab berdi.

6 – dekabr kuni ibodat qilish niyatida yigʻilgan chadliklar, bundan roppa – rosa 107 – yil muqaddam fransuzlar tomonidan oʻz mintaqalari tarixi sahifalarida qayd etilgan ana shu ogʻriqli xotiralarni yana bir bor yodga oldilar.

Xoʻsh, Coupe - Coupe qirgʻini Chadning fransuz mustamlakachiligi bilan bogʻliq qonli tarixida qanday kechdi va bu voqea Chad xalqi uchun qanday ma’noga ega?

Chadning «Le N’djam Post» nashrida faoliyat yuritgan jurnalist va yozuvchi Kamol Koulamallah, Abeshe shahrida 1917 – yili sodir boʻlgan qirgʻinni «Chad tarixidagi oʻchmas dogʻ» - degan soʻzlar bilan ta’riflamoqda.

«Bu - mahalliy xotirada bir umr oʻchmas iz qoldiruvchi shafqatsiz qatagʻon edi. Mustamlakachilik siyosatlari qatoriga kiritilgan asossiz shubhalar va uslubiy repressiyalar Chaddagi fransuz mustamlakachiligi tarixining eng qorongu sahifasi hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu sahifa yashirin boʻlsa ham butun bir asr davomida adolatsizlik va azobning timsoli sifatida ta’kidlanmoqda», - degan soʻzlar bilan izoh etmoqda.

Zulm savdogarlar

Fransuzlar 19 - asrda Afrikadagi mustamlakachilik faoliyatlarini jadallashtirdi va Chad, suverenitet uchun nishonlangan mamlakatlardan biri edi.

1800 - yillarning oxiridan boshlab, ingliz va fransuz aholisi yashagan hudud keskin raivshda boʻlindi.

«Gʻarb mustamlakachiligi qit’aga qadam qoʻyishidan oldin, Chadda uchta mahalliy sultonlik hukmronlik qilardi. Ular Vadai, Bagirmi va Kanem sultonliklari.

Bu davlatlar uzoq yillar davomida fransuzlarga qarshi shiddatli kurash olib bordilar va Oʻsmonli imperiyasi bilan yaqin aloqalarini saqlab qoldilar.

«Bu munosabat hozirgi Turkiya - Chad munosabatlariga oʻxshardi», - deydi Turkiyaning Kutahiya viloyatida joylashgan Dumlupinar nomidagi universitetning ilohiyot ixtisosliklari boʻyicha falsafa doktori Isa Goʻkgedik TRT Afrika bilan boʻlgan suhbatida.

Fransuzlar dastlab 1899 - yili Chadga kirib borib, «Fort - Lamy» deb nomlangan N’Djamenada hukmronlik oʻrnatdilar.

Keyinchalik, ular oʻzlarining mustamlakachilik boshqaruvlarini Abeshe, Vadai, Borkou va Ennedi kabi mintaqalarga kengaytirishga harakat qildilar.

Ularga 1905 - yildan boshlab arablar, tuareglar, uled slimanlar va oʻsmon imperiyasi tomonidan qoʻllab - quvvatlangan va markazi Liviyada joylashgan Senussi kuchlari tomonidan qarshilik koʻrsatildi.

Oʻn yillik kurash ortidan polkovnik Moll va Dr Chaopen rahbarligidagi fransuz kuchlari 1909 - yilning 23 - avgustida Abesheni bosib oldi.

Bu davrda, Vadai sultoni Muhammad Solih (Dud Murra) bilan Dar Masalit sultoni Tajuddin qarshilik harakatini boshlash uchun ittifoq tuzdilar.

Abu sharib, xavalis, kelingen, kodoy, mimi, valad jama va maba kabi qabilalar oʻsmonli imperiyasi qoʻllab - quvvatlagan senussi kuchlari bilan birgalikda fransuz bosqinini qabul qilishni rad etib, kurashga qoʻshildilar.

Polkovnik Moll, Sulton Tajuddin kabi jangda halok boʻldi. Sulton Muhammad Solih va Tajuddinning jiyani Bahruddin bir muddat qarshilikni davom ettirdilar ammo 1911 - yilning 27 - oktabrida taslim boʻlishga majbur boʻldilar.

Polkovnik Viktor - Emmanuel Largeau, 1912 va 1914 - yillar orasida Ain Galaka, Bilma va Biltineni qoʻlga kiritdi.

Bu hujumlar ortidan ochlik va yuqumli kasalliklar ham sabab faqatgina Abeshening oʻzida 322.000 nafar inson halok boʻldi.

Aholi soni uch yil ichida 728.000 nafardan 406.000 nafargacha kamaydi. 

Ommaviy qotillik bilan sudlanish

Bu hayratlanarli raqamlar fransuzlar tomonidan qoʻl urilgan talon - tarojning qay darajada ekanini yaqqol namoyon etmoqda.

Birinchi jahon urushi paytida yuz minglab afrikaliklar, soxta mustaqillik va’dalari bilan majburan askarlikka chaqirilar ekan, nemislarga qarshi Yevropa jang maydonlarida oʻlimga tark etildi.

Davom etgan urushga qaramay fransuzlar Chadni toʻliq nazorat ostiga olishga urindi.

Qarshilik koʻrsatish harakatiga monelik qilish maqsadida jamiyat tomonidan hurmat qilingan obroʻli din arboblarini qatliomlar orqali yoʻq qilishni koʻzlab tizimli reja ishlab chiqdilar.

Aldashdan uyalmaydigan fransuzlar, 1917 - yili ma’muriy masalalar boʻyicha maslahat soʻrash bahonasi bilan jamoa yetakchilarini Abeshega taklif qildilar.

Bomdod namozi ortidan tong saharda yuzlab musulmon olimlar pistirmaga tushirilib, oʻldirildi. Shunga oʻxshash qatliomlar Varya va Kanimda ham amalga oshirildi.

Fransuz askarlari Coupe - Coupe yoki Cut - Cut qatliomida bir necha chadlik islom olimlarining boshini kesish bilan cheklanib qolmadi.

Ular ayni vaqtda kutubxonalardagi kitoblar bilan qoʻlyozmalarni musodara qilib, yoqib yuborishgacha bordilar. Fransiyadagi muzeylarga yuborib, yer ostidagi omborxonalarda saqlashga ham ulgurdilar.

Shu bois ham mazkur tartibsizlik jarayonida keng madaniy meros ham yoʻq boʻlib ketdi.

Majburiy askarlikka qarshi chiqqan Yahya Ould Germa qamoqqa olindi. Akid Magine bilan uning turmush oʻrtogʻi Meram Koise kuchli bosim ostida qoldi.

Fransuzlar bilan ittifoq tuzishni rad etgan Akid Mahamat Dokom, yuzlab tarafdorlari bilan birga oʻldirildi. Mehamid qabilasining rahbari Abud Sharara, 40 ta izdoshi bilan birgalikda hibsga olinar ekan, keyinchalik qatl etildi.

Mustamlakachilar qoʻzgʻolonlarning oldini olish uchun Yevropa jabhalaridan Chadga askarlar yuborish orqali qattiq xavfsizlik choralari koʻrdilar. Shuningdek, ular xalqning ma’naviy qadriyatlarini qijgijlash va boʻysundirish uchun nishonga oldilar.

Ulugʻ jome’ masjidi vayron qilindi, Salamet va Batha mintaqalaridagi namoyishlar zoʻravonlik bilan bostirildi.

Bu davrda ketma - ket hibsga olishlar, surgunlar va suiqasdlar qayd etildi. Hatto eng kichik inson reaksiyasi ham shafqatsizlik bilan bostirildi.

Shunga qaramay Chad xalqi mustamlakachilik boshqaruvini aslo qabul qilmadi va ularning qarshilik harakatlari 1930 - yillargacha davom etdi.

Oʻnlab yillar davomidagi zulm va bosim ortidan Chad, 1960 - yilning 11 – avgusti kuni Fransiyadan mustaqilligini qoʻlga kiritdi.

Qasos olish yoʻllari

Coupe - Coupe qirgʻini, Chad xalqi uchun bugungi kungacha oʻta nozik masaladir.

Fransuzlarning mintaqa va xalqiga nisbatan yoʻlga qoʻygan qilmishlari yuzasidan haligacha uzr soʻramaganligi esa, vaziyatni yanada chuqurlashtirmoqda. «Ba’zi ziyolilar, Vadai mintaqasidagi qirgʻin haqida gap ketganida nafrat bilan Xalqaro Adolat Sudi Fransiyani javobga tortishi kerkaligini ta’kidlaydi. Konferensiyalar tashkil etilib, koʻpchilik yoshlarga qirgʻin haqida batafsil ma’lumotlar berildi», - deydi Abeshedagi Shayx Adam Barka universitetida tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Mahamat Adoum Doutoum, TRT Afrika nashriga bergan intervyusida.

«Coupe - Coupe qirgʻinida halok boʻlganlar soni 150 nafar ekani taxmin qilinmoqda. Voqeada halok boʻlganlar soniga qaraganda koʻproq hujumning vahshiyligi va niyati adolatsizlik hissini oshirmoqda».

Fransuzlar tomonidan qatl etilgan akademiklar, Abeshedagi Umm Kamilda ommaviy qabrga koʻmildi.

Qabriston ana shu vaqtdan beri Chad xalqining bosqinchilarga qarshi mustaqillik kurashi ramzini ifodalovchi shahidlikka aylandi.

«Coupe - Coupe qirgʻini, chadliklar uchun fransuzlarga qarshi butunlik hissini ifoda etuvchi voqeadir.

Boshqacha qilib aytganda chadliklar xoh mustamlakachilikni oʻz holicha koʻrsin, xoh hukumatning Fransiya bilan xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlik shartnomasini bekor qilish qarorini qoʻllab – quvvatlash niyatida yigʻilsin, vaqtni qoʻldan boy bermay bir yoqadan bosh bir yengdan qoʻl chiqaradi», - deydi doktor Doutoum.

«Faqatgina kichik bir ozchilik bu qarorni qoʻllab – quvvatlashlari haqida hech narsa demadi. Lekin koʻpchilikning fikr birligi oldida buning hech qanday ahamiyati yoʻqdir».

Chadliklar bundan bir oy oldin Coupe - Coupe qatliomining 107 - yilligida, fransuzlarning mamlakatlari va xalqlariga nisbatan qoʻl urgan qatliomlarni hech qachon unutmaslikka ont ichdilar. «Fransiya daf boʻlsin!» - oʻzgarayotgan bir zamonda bundan yana – da balandroq hayqiriq boʻlishi imkonsiz.

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us