13 феврал 2025
BMTning maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanese Isroilning G’azodagi genotsid harakatlari ishg'ol ostidagi G’arbiy Sohil va Sharqiy Quddusga ham yoyilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Albanese Niderlandiyada Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida, 2023-yilning oktyabridan 2024-yilning oktyabriga qadar Isroil hujumlarining avj olganini, 830 nafar falastinlik halok bo'lganini, 300dan ortiq kishi qo'lga olinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarning ko‘pchiligi qiynoqqa solingan, zo‘rlangan va hatto hibsda vafot etgan. U shuningdek, tartibsiz ko'chmanchilar tomonidan amalga oshirilgan zo'ravonlikni qoralab, dunyoni chora ko'rishga chaqirdi.