30 декабр 2024
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Donald Trampni AQSh prezidenti etib qayta saylangani bilan tabriklagan Ilhom Aliyev, yangi prezidentning dunyo xavfsizligini ta'minlashda yanada muhim rol o‘ynashini ta'kidladi.
Trampning birinchi prezidentlik davrida Ozarbayjon bilan ijobiy munosabatlariga to‘xtalib o‘tgan Aliyev, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rivojlanishiga umid qilayotganini va bu yo‘nalishda harakat qilayotganlarini aytdi.
Donald Tramp Aliyevga tabrigi uchun minnatdorchilik bildirib, AQSh va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarning ahamiyatini ta'kidladi.