13 феврал 2025
/Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va Iordaniya qiroli Abdulloh II G‘azo bo‘yicha o‘zaro mushtarak pozitsiyani yana bir bor tasdiqlab, o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va shoshilinch insonparvarlik yordami zarurligini ta’kidladi.
Ikki yetakchining qoʻshma bayonoti Iordaniya qiroli Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrashganidan bir kun oʻtib eʼlon qilindi.
Ikkala yetakchi ham G‘azoni tezkor qayta qurish rejasini qo‘llab-quvvatlagan holda, Trampning falastinliklarni o‘z yerlaridan chiqarib yuborish taklifiga qarshi chiqdi.