14 феврал 2025
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan harbiy xarajatlarni oʻzaro qisqartirish boʻyicha muzokaralar olib borish va davlatlar rahbarlarining ehtimoliy sammitini oʻtkazish istagini bildirdi.
Dunyo tartibida o'zgarish jarayoni haqidagi tasavvurlarini tilga olgan Tramp Rossiyaning 2014-yilda Ukrainaning Qrim yarim orolini anneksiya qilganidan so'ng toʻxtatilgan G7ga a'zoligini qayta tiklash istagini bildirdi.
Tramp, shuningdek, vaziyat sokinlashgach, Putin va Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan sammit o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishini aytdi.