MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
Datchada cho‘kkan kema 17 - asrdagi dengizchilik tarixini yoritib bermoqda
Datchada O‘smon imperiyasi davrida cho‘kkan kema 17 - asrdagi dengizchilik tarixini yoritib bermoqda.
Datchada cho‘kkan kema 17 - asrdagi dengizchilik tarixini yoritib bermoqda
7 соат олдин

Datchaning janubi - g‘arbiy sohillarida davom etayotgan va «Qizlan» deb nomlangan qazish ishlari paytida Osmon imperiyasiga oid qimmatbaxo asarlar topildi. Ular, kema chokkan davr bilan dengizchilik tarixiga doir muhim ma’lumotlar olishimizga yordam bermoqda.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, mazkur qazilmalar mamlakatning Izmir shahrida joylashgan Dokuz Eylul nomidagi universitet qoshidagi Suv Osti tadqiqot markazi (SUDEMER) tomonidan tuzilgan «Moviy meros» loyihasi doirasida olib borilmoqda.

Bu yilgi qazish ishlarida, kema cho‘kkan davrdan boshlab uning kimga oid ekaniga qadar batafsil ma’lumotlar qolga kiritildi. Kashfiyotlar orasida yenicherilarga (O‘smonli davridagi pullik piyoda askar) oid 14 ta miltiq, taxminan 2500 ta oq va portlagan top oqlari topildi. Bu holat, kemaning bir urushda ishtirok etganidan dalolat bermoqda.

Shuningdek, Islom bozorlari uchun Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgani taxmin qilinayotgan ko‘k boyoqli chinni kosalar kemaning maxsus bir vazifada yoki diplomatik bir missiya xizmatida foydalanilgan bolishi mumkinligidan xabar bermoqda. Chinnilarning oralgan tarzda topilishi esa, ularning sovga qilinganini namoyon etmoqda.

Topilma ichidan kema xodimlari va askarlarga tegishli ekani tahmin qilingan shaxsiy buyumlar ham chiqarildi. Ular orasida mis qozonlar, sopol ko‘zalar va idishlar ham bor. Tunisning Jerba mintaqasiga tegishli sopol buyumlarning borligi, kemaning Shimoliy Afrikadan kelgan bolishi mumkinligiga e’tibor qaratmoqda.

«Qizlan» cho‘kindisi, Turk suvlarida yenicherilarni tashigan bir osmonli kemasining qoldiqlarining birinchi marta kashf etilishi jihatidan tarixiy ahamiyatga ega.

Kemaning o‘ng tomoniga tegishli qismlar topilgan bolib, bu holat kemaning qurilish texnikalari haqida ham qimmatli ma’lumotlar bermoqda. Eng muhimi, barcha dalillar, kemaning 17 - asrning ikkinchi yarmida bir urushdan song chokkanini korsatmoqda.

Qazish ishlarining 2025 - yiligacha yakunlanishi kutilmoqda va bu kashfiyotlar yordamida o‘smonli davridagi dengizchilik tarixi haqida yangi ma’lumotlar olish rejalashtirildi.

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us