SIYOSAT
5 daqiqa o'qish
Scholzdan keyin Germaniya qarorsiz qoldi
Nemis Kansleri Olaf Scholz, noyabr oyida Moliya vaziri Kristian Lindnerni lavozimidan bo‘shatishi ortidan bu hafta o‘z taqdirini ham o‘zi hal qildi.
Scholzdan keyin Germaniya qarorsiz qoldi
Nemis Kansleri Olaf Scholz
25 феврал 2025

Joriy 2025 - yili muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan Germaniya iqtisodiy va geosiyosiy qiyinchiliklarga duchor bo‘ldi. Bu holat, mamlakatning kelajakdagi yo‘nalishi va uning Yevropa ustidagi ta’siri borasida turli savollarni tug‘dira boshladi.

Nemis Kansleri Olaf Scholz, noyabr oyida Moliya vaziri Kristian Lindnerni lavozimidan bo‘shatishi ortidan bu hafta o‘z taqdirini ham o‘zi hal qildi.

Navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishda Bundestagning (German parlamenti) ishonchini qo‘ldan boy bergan Scholz, 2025 - yilning 23 – fevrali kuni muddatidan oldin saylov o‘tkazish imkoni uchun zamin yaratdi.

Bu siyosiy yurish, Germaniyaning uch partiyali «Svetofor koalitsiyasi»ning (Sotsial demokratlar - qizil; Liberallar - sariq; Yashillar - yashil) oxirini keltirar ekan ayni vaqtda Yevropa iqtisodiy kuchining taqdiri jihatidan ham nozik bir davrning xabarchisi bo‘ldi.

O‘zgarish istagi tugadi va jamoatchilik «eski yaxshi kunlar»ga qaytishni afzal ko‘rayotganga o‘xshaydi. Schols hukumatining qulashi, dadil islohotlarning qattiq haqiqatlar bilan to‘qnashuvining bir hikoyasiga aylandi.

Jamoatchilik ishonchi kamaydi

Scholzning uch partiyali koalitsiyasi o‘z kun tartibini tuzishda qiynalayotgan bir paytda jamoatchilik ishonchini qo‘ldan boy berdi. Odatda Germaniya jadal tus olgan o‘zgarishlar oldida qadamini o‘ylab tashlardi va katta xarajatlarga ham tayyor emasdi. Noto‘g‘ri dizayn qilingan islohotlar bilan kutilmagan natijalar, xalqda norozilik uyg‘otdi.

Har bir koalitsiya o‘z sherigidan bir qator xato topib, bir – birini ayblashi mumkin. Scholtz, Ukrainaga qanday qurol tizimlarini yuborish borasida qarorsiz qoldi va yordam bilan qo‘rquv orasida ikkilanaverdi.  

Bosh vazir o‘rinbosari Robert Habeck, xususiy xonadonlardagi isitish tizimlarini iqlim o‘zgarishi sharoitlariga munosib tarzda o‘zgartirish haqidagi g‘oyasini eng to‘g‘ri yechim deb bildi. Ammo qonun loyihasining dastlabki varianti Liberallar tomonidan tarqatib yuborildi va tabloid gazetalar Habeckni, gaz va neft isitish tizimlarini qimmat issiqlik nasoslari bilan almashtirishga majbur bo‘luvchi uy egalarini moliyaviy jihatdan xonavayron qiladigan «Isitish bolg‘achasi» bilan aybladi.

Liberallar shuningdek, 27 ta a’zo davlatning yillar davom etgan muzokaralar yordamida kelishib olgan Yevropa ittifoqi qonunchiligini veto qilish orqali Germaniyaning Yevropa ittifoqidagi qaror qabul qilish jarayonlaridagi obro‘siga putur yetkazdi.

Hukumatning yuqoridan pastga yondashuvi ko‘pchilik tomonidan paternalistik deb topildi va o‘zgarishlar talab qilgan xarajatlar, idrok etilgan foydalardan osha boshladi.

Iqtisodiy muammolar

Koalitsiya ichidagi nizolar ham hukumatni larzaga keltirdi. Sotsial demokratlar, Liberallar va Yashillarning rahbarlari Scholz, Lindner va Habeck dastlab bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarishlariga qaramay turli ko‘z qarashlar bilan hulq – atvorlarning tobora bir – biriga to‘g‘ri kelmasligini tushunub yetdilar.

Lindnerning shuhratparastligi, ayniqsa kichik sherik ro‘lida taranglik yaratdi. Shu bilan birga, biznes dunyosining lobbichisidek harakat qilishi va o‘z yurtiga xizmat qiluvchi lider sifatida ko‘rinmasligi tanqidlarga yo‘l ochdi.

Tashqi omillar ham vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Germaniyaning eksportga asoslangan iqtisodiyoti, global ta’minot zanjirining buzilishlari, inflyatsiya va energetik inqirozlardan katta zarba oldi.

Bu muammolarning bir qismi G‘arbning Rossiyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiyalari, Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar, Afrika shoxida Husi va Somali qaroqchilarining konteyner kemalarini nishonga olgan hujumlari tufayli paydo bo‘ldi. Ammo, pandemiyadan qolgan va uzoq vaqtgacha ziyon yetkazuvchi omillar ham globallashuvga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu qiyinchiliklar nemis modelidagi tarkibiy zaifliklarni yaqqon namoyon etdi. Ular qatorida qarigan aholi, ishchi kuchi tanqisligi va ayniqsa nemis sanoatining o‘zagi hisoblangan ichkaridan yonish dvigatellaridan elektr transport vositalariga o‘tishni boshqarolmagan avtomobil sanoatidagi innovatsiya kamchiligi o‘rin olishini aytish mumkin.

Ekstremizmning avj olishi

Populizmning ko‘tarilishi Germaniyaning siyosiy manzarasini yana boshqa jihatdan murakkablashtirdi. Noaniq vaqtlarda ekstremistik ovozlar ham o‘ng ham so‘l qanotda qulay zamin topdi va Germaniyaning urushdan keyingi liberal, bag‘rikeng va inklyuzivlikka asoslangan jamiyat bo‘lish konsensusini shubha ostiga oldi.

O‘ta o‘ng qanotning eng keskin namunasi Germaniya uchun Alternativ (AfD) partiyasidir. Mazkur partiya milliyatchi, irqchi, muhojirlarga qarshi ko‘z qarashdagi populistik strategiyani kuzatmoqda; his - tuyg‘ular bilan harakat qilib, soddalashtirilgan xabarlar tarqatmoqda. Eng yomoni, mavjud siyosiy tizim faoliyatini izdan chiqarishga urinmoqda.

Boshqa tomonda esa oliy ma’lumotli marksist Dr. Sahra Wagenknecht bor. Sobiq Sharqiy Germaniya Kommunistik partiyasi a’zosi bo‘lgan Wagenknecht, o‘z partiyasini tashkil etib, vaqtni qo‘ldan boy bermay Sharqiy Germaniyadagi ikki mintaqaviy hukumatda kichik sherik mavqeini qo‘lga kiritdi.

Wagenknecht xarizmatik yetakchilik, so‘l iqtisodiy siyosat va muhojirlarga qarshi til biriktirish payida. Har ikkala ekstremist partiya ham farqli siyosiy tizim payida va har ikkalasi ham Rossiya tarafdori.

Germaniya muddatidan oldin saylov o‘tkazish tomon yo‘l olar ekan saylovchilar, izchillik bilan insonlarning qo‘rquvlarini manipulyatsiya qilgan populistlar orasida murakkab tanlovni amalga oshiradi.

Yangi hukumat bilan bir xil siyosatlarmi?

Joriy 2025 – yili qo‘lga kiritiluvchi natija, markazdagi kartalarning takror tarqatilishiga yo‘l ochadigandek. Muxolifatdagi muhofazakorlar g‘alaba qozonishi mumkindek ammo u nomi tilga olinganing yakka hokimiyat uchun yetmaydi. Ushbu senariy, Germaniyaning keyingi hukumatining tashqaridan farqli biroq siyosatda oldingi hukumatlarga o‘xshash ekanidan dalolat bermoqda.

Xalqaro hamjamiyat uchun bu Germaniyaning ko‘p tomonlilik, NATO va Yevropa ittifoqiga sodiqligini davom ettirishini anglatadi. Biroq Yevropa integratsiyasini chuqurlashtirish yoki tashqi siyosatga muhim yangilik kiritish uchun dadil qadamlar tashlanishini talab qiladi.

Qiyinchiliklarni yenga oladimi?

Yaqinlashib kelayotgan saylovlar, Germaniya jamiyatida o‘zgarish ehtiyoji bilan barqarorlik istagi o‘rtasidagi keng qamrovli taranglikni aks ettirmoqda. Tashqi bosimlar – yangi AQSh yetakchiligidan global savdo urushlari va xavfsizlik tahdidlariga qadar – Germaniyaning keyingi hukumati, ehtiyotkor saylovchilar tanlovidan ham qarorliroq qadamlar tashlashga majbur bo‘lishi mumkin.

Natijada, keyingi ikki oy davomida qisqa saylov kampaniyasida sahnalashtiriluvchi Germaniyaning siyosiy dramasi; ko‘plab G‘arb demokratiyalari duch kelayotgan qiyinchiliklarning xulosasidek: Zarur o‘zgarishlarni, xalqdan begonalashmagan holda qanday boshqaramiz?

Bu muvozanatni saqlash harakatining natijasi, Germaniya chegaralaridan ancha naridaga yetib boradi va Yevropaning kelajagi bilan global sahnadagi ro‘lini shakllantiradi.

Yaxshi jihati shundaki, Germaniya terang tus olgan inqiroz ichida emas va saylov natijalari mamlakatni butunlay vayron qiluvchi yangiliklarga yo‘l ochmaydi. Demokratiyalarda xalq shuni xohlasa unda yangi koalitsiya hukumati sa’y – harakatlari normal holatdir.  Ammo, «Bu boshga tushgan muammoni hal qilish uchun yetarlimi?» - degan savol tug‘iladi.

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us