Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi Luksordagi Dayr al - Bahriy hududida joylashgan malika Xatshepsut maqbarasi bilan malika Tetining saroy boshqaruvchisi Sherining qabrida muhim arxeologik topilmalar aniqlanganini ma’lum qildi.
Mavzu haqida Luksor gubernatori Abdulmuttalib Amara, Oliy Qadimiy asarlar kengashi Bosh kotibi Muhammad Ismoil va misrlik arxeolog doktor Zahi Xavvas ishtirokida matbuot anjumani uyushtirildi. Unda, 2022 - yilning sentabr oyidan buyon hududda qazish ishlari olib borilgani va natijada «Zahi Xavvas» nomidagi Arxeologiya va meros fondi bilan Oliy Qadimiy asarlar kengashi tarkibidagi arxeologlarning 3 yillik faoliyati jarayonida muhim kashfiyotlar qo‘lga kiritilgani ta’kidlandi.
Doktor Xavvas, kashf etilgan topilmalar orasida, malika Xatshepsut maqbarasining asosiy yo‘lagiga kirish joyi bilan Xatshepsut davriga oid noyob va betakror bo‘rtma tasvirlar o‘rin olganini ifoda etdi. Xavvas, shuningdek, Misr muzeylarida bu bo‘rtma tasvirlarning juda kam namunalari borligi va ular haykaltaroshlik san’atining eng go‘zal namunalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Topilgan bo‘rtma tasvirlar, Ramses davrida va 19 – xonadonlik (mil. avv. 1292 - 1186) chog‘ida buzilgan Vodiy ibodatxonasi qoldiqlarining bugungacha eng yaxshi saqlab qolingan qismlari ekani aytildi.
Bu kashfiyotlar, qadimgi Misr madaniyati tarixiga muhim hissa qo‘shmoqda. Eng muhimi, Luksor hududining betakror asarlarga to‘la ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Bu bebaxo asarlar, albatta, dunyoning to‘rt burchagida yashovchi tadqiqotchilar bilan sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.