Mashhur video o'yinlar haqida o'ylaganingizda, ehtimol siz harakat, sport, janglar va tezkor sarguzashtlarni tasavvur qilasiz. Sizni o'rindiqda ushlab turadigan o'yinlar, to'g'rimi? Lekin tasavvur qiling, agar video o‘yinlar bundan ham ko‘proq narsani amalga oshira olsa-chi? Agar ular dunyodagi eng katta muammolardan birini hal qilishga yordam bera olsa-chi? Ushbu maqolada biz atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan video o‘yinlar haqida gaplashamiz. Oʻyin mualliflari biz odatda birlashtirib boʻlmaydigan oʻyin dunyosi va atrof-muhitga oid harakatlarni qanday qilib birlashtirganini koʻrib chiqamiz.
Ushbu o'yinlardan biri “Terra Nil”, janubiy afrikalik dizayner Sem Alfred tomonidan ishlab chiqilgan strategiya o'yini. Bu aksariyat o'yinlardan farqli o'laroq, Terra Nil imperiya qurish yoki zabt etishdan ko'ra ekotizimlarni qayta tiklashga qaratilgan. Vazifangiz ifloslangan joylarni tozalash, daraxt ekish va hatto Katta To‘siq rif kabi tabiiy mo‘jizalarni saqlab qolishdir. Ushbu o'yin strategiya tushunchasini o'zgartirib, sayyorani qayta tiklashni yakuniy maqsad qilib qo'yadi. “Terra Nil” o’yini 2023-yil mart oyida ishlab chiqarilgan bo’lib, u allaqachon 300 000 dan ortiq odam tomonidan o'ynalgan.
Lekin e’tiborni o‘zgartirish oson bo‘lmadi. Sem Alfredning ta'kidlashicha, ko'p odamlar shubha bilan qarashgan, chunki o'yinda mojaro va zabt etish kabi tipik elementlar yo'q edi. Uning maqsadi atrof-muhitdan foydalanmasdan qiziqarli strategiya o'yinini yaratish mumkinligini isbotlash edi. U bu borada yolg'iz emas. 2017 yilda shahar qurish o'yini “Cities: Skylines” "Yashil shaharlar" deb nomlangan maxsus kengaytmani chiqardi. Bu o’yin ishqibozlarga ifloslanishni boshqarish va qayta tiklanadigan energiyani targ‘ib qilish orqali ekologik toza shaharlar yaratishga imkon berdi. Ammo bu ham ba'zi munozaralarga sabab bo'ldi. O'yin ortidagi studiyaning bosh menejeri Mariina Hallikainenning aytishicha, ba'zi o'yinchilar o'yinga haqiqiy muammolarni kiritish orqali o'yinni "buzmoqda" deb o'ylashadi. Biroq, o’yin mualliflari o'z shaharlarini yashil qilish yoki qilmaslikni tanlashda erkin ekanligini aniq ifoda etdilar.
Ushbu o'yinlarning muvaffaqiyati o'yin dunyosida ekologik mavzular uchun joy mavjudligini ko'rsatadi. Va bu sohani faqat mustaqil ishlab chiquvchilar o‘rganayotgani yo‘q. Sivilizatsiya kabi katta nomlar, shuningdek, iqlim inqirozi elementlarini o'yinga kiritib, hatto eng katta seriyalar ham bu vaziyatni e'tiborsiz qoldirmasligini ko'rsatadi. Dunyo bo'ylab uch milliardga yaqin odam video o'yinlar o'ynashini hisobga olsak, iqlim faollari o'yinlarni o'z xabarlarini tarqatish uchun kuchli vosita sifatida ko'rishadi.
Haqiqatan ham, Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z o‘yinini yaratdi, bu o’yin “Mission 1.5” deb nomlangan. Ushbu o‘yin olti milliondan ortiq ishqibosga yetib bordi va ularning qiziqarli tarzda iqlim muammolari haqida ma’lumotlarni bilib olishga yordam bergani aytiladi. O‘yin sanoatida ushbu mavzularni kiritishga qaratilgan o‘sish tendentsiyasi borligi aytiladi. 2020-yilda studiyalar, savdo guruhlari va investorlari “Playing for the Planet” deb nomlangan ittifoq tuzdilar. Ular ishlab chiquvchilarni o'z loyihalariga barqarorlikni qo'shishga undaydigan “Yashil o’yin Jam” kabi tadbirlarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 2019-yilda Xalqaro O‘yin Ishlab Chiquvchilar Assotsiatsiyasi maxsus iqlim bo‘limini tashkil etdi. Ularning maqsadi o‘yinlarning kuchidan foydalanib, odamlarga murakkab masalalar, shu jumladan iqlim inqirozi haqida ma'lumot berishdir. Bugungi kunda ushbu IGDA iqlim bo'limida 1500 ga yaqin mutaxassis mavjud. Bular oʻyin ishlab chiquvchilari, professorlar va ekologiya bo'yicha mutaxassislar iqlimdan xabardorlikni video oʻyinlarga kiritish uchun birgalikda ishlaydilar.
Xullas, “Terra Nil”, “Yashil shaharlar” yoki keyingi katta o'yin orqali bo'ladimi, bir narsa aniq: Video o'yinlar bizga atrof-muhit haqida yangi usullarni o'rgatishi mumkin. Bu bizni sayyora haqida boshqacha fikr yuritishga, ehtimol, haqiqiy dunyoda harakat qilishga undashi mumkin. E’tiboringiz uchun raxmat! Keyingi dasturda uchrasgungacha xayr omon bo’ling!