Rimning ramziy Kolizeyida Turkiya va Italiya o'rtasidagi muhim hamkorlik doirasida dunyoning eng qadimiy ibodatxonasi Go'beklitepedan asarlar namoyish etilgan ko'rgazma ochildi.
Kolizey Anadoludagi 12 ming yillik arxeologik xazinalardan uchta tosh asarning nusxalarini namoyish etadi. Ushbu asarlar olti oy davomida ko'rgazmada qoladi.
Ushbu tadbir Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turkiyaning Rimdagi elchixonasi, Italiya Madaniyat vazirligi, Kolizey arxeologik bog'i va Rim forumi boshqarmasi hamda Turk Havo Yo'llari (THY) tomonidan tashkil etilgan qo'shma tashabbusdir.
Payshanba kuni boshlangan ko'rgazmada ushbu asarlarning nusxalari, shuningdek, Go'beklitepe markazida namoyish etilgan videotasvirlar, raqamli qurilmalar va ma'lumot panellari mavjud.
Ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Go‘khan Yaziji va italiyalik hamkasbi ishtirok etdi.
“Asrlar davomida dunyoning markazi hisoblangan Kolizeyning muhtasham atmosferasida insoniyat tarixidagi eng muhim burilish nuqtalariga mezbonlik qilgan Go'beklitepening chuqur va qadimiy tarixini sizlarga taqdim etamiz”, dedi Yaziji tadbir ochilishida.
Mashhur Kolizeyning ikkinchi qavatida tashkil etilgan ko‘rgazma 2025-yil 20-aprelgacha ochiq bo'ladi. Ushbu tadbir uchun Madaniy meros va muzeylar bosh boshqarmasi tomonidan replika va subtitrli filmlar buyurtma qilingan.
Turk Havo Yo'llari tarihiy asarlarni Rimga bepul olib borishni o'z zimmasiga oldi.
Dunyodagi eng qadimgi ibodatxona
Mehmonlarga Go'beklitepada yetishtirilgan bug‘doydan tayyorlangan non, shuningdek, turk va italyan oshxonalaridan paxlava, lokum va turli xil taomlar tortildi.
Dunyodagi eng qadimiy ibodatxona hisoblangan Go'beklitepa 2011 yildan beri YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatida.
1963-yilda Istanbul va Chikago universitetlari qoʻshma tadqiqotlari davomida kashf etilgan ushbu maskan Shanliurfada joylashgan boʻlib, soʻnggi yillarda rekord darajadagi tashrif buyuruvchilarni o'ziga jalb qilgan.
Yaqinda havo sharlari bilan sayohatlarning qo'shilishi ushbu qadimiy mo''jizaga yangicha ko'rinish bahsh etdi va tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
https://www.youtube.com/watch?v=AKmjFRtX6u4&ab_channel=TRTWorld