DUNYO
4 daqiqa o'qish
"Men shunchaki o‘lishni istadim"-deydi omon qolgan mahbuslardan biri Muhammad al-Muhammad
Omon qolgan mahbuslardan Muhammad al - Muhammad, Asad qamoqxonalaridagi qiynoqlar haqida gapirib berdi.
"Men shunchaki o‘lishni istadim"-deydi omon qolgan mahbuslardan biri Muhammad al-Muhammad
6 соат олдин

Muxolifat kuchlari Asadning paranoyak va shafqatsiz hukumatini bir hafta oldin qulatdi. Ana shundan beri, ko‘plab sobiq mahbus Suriya xalqi oxirgi o‘n yil ichida nimalarga duchor bo‘lgani yoki nimalarni boshdan kechirganini yoritib bermoqda.

G‘oziy Muhammad al - Muhammadni nazorat ostiga olgan Suriya harbiy razvedkasi xodimlari undan o‘z ismi - sharifi va kim ekanini unutishini talab qildi.

Hujjatlarini olib qo‘yishdi va unga: «Bundan buyon shunchaki 3006 raqamisan», - deyishdi.

Muhammad, besh yarim oy davomida Asad rejimi qamoqxonalaridan birida 40 kilo vazn yo‘qotib, har on qatl qilinish xavfi ostida umr surdi.

Muxolifat kuchlari Asadning paranoyak va shafqatsiz hukumatini bir hafta oldin qulatdi. Ana shundan beri, ko‘plab sobiq mahbus Suriya xalqig oxirgi o‘n yil ichida nimalarga duchor bo‘lgani yoki nimalarni boshdan kechirganini yoritib bermoqda. Suriyaning shimoli – g‘arbidagi Halab yaqinlarida joylashgan Sarmada shahrida pechka oldida yostiqlarga suyanib turgan ozg‘in inson Muhammaddir va uning shu turishi uning avvalgi qiyofasining soyasidir.

Hozirda 39 yoshida bo‘lgan bu inson Suriyada hech qachon siyosatga aralashmagani va aka -ukalari bilan birgalikda kun kechirayotgan oddiy savdogar ekaniga qasam ichmoqda.

Poytaxt Damashq shahriga qisqa muddatli xizmat safari uyushtirgan bir paytida u qo‘lga olinib, tiriklayin do‘zaxga sudralgan ekan. «Butun umidimizni yo‘qotgan bir payt keladi», - deydi soqoli bilan sochlari kalta qilib kesilgan Muhammad.

«Oxiri faqatgina o‘lishni istadim. Bizni osib o‘ldirishlarini kutayotgan edim va hatto bundan xursand ham edim. Chunki bu yakun, bu oqibat, azoblarimning tugashi degan ma’noni anglatar edi».

Asad yetakchiligining har nimaga qodir razvedkachilari Muhammadni, u poytaxtga kelganida qo‘lga olganlar.

Uni qo‘llarini orqasiga bog‘lab, bir shifokor do‘sti bilan birgalikda olib ketishdi.

«Bu besh yarim oy oldin edi», - deydi Muhammad. U nima uchun hibsga olinganini bilmaydi ammo u 8 – dekabr kuni Asadni qochishga majbur qilgan rejimga qarshi kuchlarning Idlibdan kelgani uchun bo‘lishi mumkin degan fikrda.

Qo‘llari kishanlangan va ko‘zlari bog‘langan Muhammad elchixonalar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti idoralari va xavfsizlik qarorgohlari joylashgan poytaxt Damashqning mashhur Mazzeh tumanidagi hibsxonaga olib ketilgan.

Ular uni bir binoning ichkarilariga olib kirib, kaltaklay boshlagan.

Bilaklaridan osildi

Dastlabki bir necha kun davomida u bir hujayraning tepasiga bilaklari bilan osildi. Oyoqlari esa yerga tegmadi. Keyin u hech bo‘lmaganda yerga tegishi uchun tushirildi.

Muhammad kaltaklandi va unga deyarli ovqat berilmadi. Shuningdek u, faqatgina qo‘riqchilar bilan aloqa o‘rnatdi.

«Ular menga aka – ukalarimning isyonchilarga qo‘shilganini tan olishimni talab qildilar», - deydi.

«To‘g‘risini aytsam, ukam Sarmada shahrida xayriya tashkiloti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor bo‘lishiga qaramay, ular nimani eshitmoqchi bo‘lsa shuni aytdim».

O‘z yaqinlari ko‘zi oldida qiynoqqa solingan ayollar bilan bolalarning aybiga iqror bo‘lishlari uchun qanchalik qichqirganliklariga guvoh bo‘lgani yoki shunday qichqiriqlarni eshitganini ifoda etdi.

Shu voqealardan taxminan bir oy o‘tgach, Muhammad harbiy razvedkaga topshirildi. Ular unga bundan buyon faqatgina bir raqamdan iborat ekanini aytishdi.

Uzunligi taxminan ikki metr, qariyb bir inson bo‘yidek va eni 1,2 metrdan iborat bo‘lgan tor bir hujayraga yoki kameraga tashlandi. Yoruq faqatgina shipdagi panjaradan tushib turardi.

Kamerada elektr energiyasi va suv yo‘q edi. Hojatxonadan foydalanish zarurati tug‘ilganda, uning so‘zlariga ko‘ra qo‘riqchilar uni yalang‘och holda engashtirib, ko‘zlarini yerga tikkan holda borishga majburlagan.

Osib o‘ldirilishi aytib, uni masqara qilishdi.

«Tomog‘ing qo‘yday kesiladi. Oyog‘indan osib o‘lishni istaysanmi yoki qoziqqa qoqilishnimi?»

Oxirgi kunlarda Muhammad tashqarida nimalar bo‘layotganidan bexabar edi. Chunki, Asad kuchlari tanklari va boshqa jihozlarini tashlab ketayotganida rejimga qarshi kuchlarning shimoldan 11 kun davomida jadal tusda siljiganidan xabari yo‘q edi.

 O‘zgardi

«Bir kuni kechasi bizni kameralardan olib chiqib, hammamizni yo‘lakda 14 nafar mahbusdan iborat bo‘lgan ikki qatorga tizib qo‘yishdi. Bir - birimizni birinchi marta ana shunda ko‘rdik va o‘lamiz deb o‘yladik», - deydi u.

Nomi tilga olingan yo‘lakda taxminan bir soatcha kutib turishlari ortidan takror hammasi qaysi kameraga to‘g‘ri kelsa ana shu kameraga qaytarildi.

«Men kasal bo‘lib qolganimni va hojatxonaga borishim kerakligini aytdim lekin hech kim kelmadi», - deydi Muhammad.

«Keyin esa vertolyotlarning qo‘nayotgan va uchayotgan ovozini eshitdik. Menimcha, xodimlarni olib ketish uchun edi».

Bir necha soatdan keyin ularning kamerasining eshiklari sindi va rejimga qarshi kuchlar ularni ozod etdi. «Ularni ko‘rdim, tush ko‘rgandek edim».

Muhammad o‘z hikoyasini aytib berar ekan, 75 yoshli onasi uning yoniga o‘tirib ustidagi kurtkachasini o‘ynadi. Ko‘zlarini biron marta ham og‘lidan uzmadi.

Hech kim unga o‘g‘lining hibsga olinganini aytmadi. U shunchaki g‘oyib bo‘ldi. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi Suriyada 35 ming nafardan ortiq inson bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, Muhammadga omad kulib boqdi va u qaytdi.

«Ammo u o‘zgardi», - deydi uning onasi Fotima Abd al - Ghaniy. «Unga qaraganimda, u xuddi mening o‘g‘lim emasdek tuyuladi».

Rad etishlariga qaramay, u dahshatli tush ko‘rganini aytdi.

«Umid qilamanki, ular javobgarlikka tortiladilar», - dedi Muhammad o‘zini asirga olganlarni nazarda tutgan holda. U, uchalasini ham aniqlay olishiga ishonchi komil.

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us