21 феврал 2025
AQSh prezidenti Donald Tramp tartibsiz immigratsiyani soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to'g'risidagi qarorga imzo chekdi.
Immigratsiya bo'yicha qarornoma mamlakatda noqonuniy bo'lgan muhojirlarni qo'llab-quvvatlash uchun federal byudjetdan foydalanishni taqiqlaydi, shu bilan birga barcha idoralardan bu maqsadda federal moliyalashtiriladigan dasturlarni belgilashni talab qiladi.
Oq uy ma'lumotlariga ko'ra, prezident farmoni federal mablag'larni shtat yoki mahalliy "boshpana" yurisdiktsiyalari tomonidan ishlatishni ham taqiqlaydi.