Imzolovchilar orasida Yaqin Sharqdagi «nafratni, o‘limni va vayronagarchilikni» qoralovchi Nobel mukofoti sovrindori nevrologlar ham bor.
Ispaniyaning EFE axborot agentligi xabariga ko‘ra dunyoning turli burchaklaridan 1000 dan ortiq olim, asosan, psixologlar bilan nevrologlar G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan ochiq maktubni imzoladilar. Mazkur maktubda, shuningdek, Isroildan xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishi uchun bosim o‘tkazish ham talab qilingan. Eng muhimi, uni imzolaganlar orasida, norvegiyalik Nobel mukofoti sovrindori Mey - Britt Moser va Edvard Moser bilan yaponiyalik Susumu Tonegava ham bor. Maktubga bir qancha ispan tadqiqotchilari, jumladan, Cajal institutidagi Neyro sun’iy intellekt va robototexnika guruhi a’zosi Pablo Lanillos ham imzo chekdilar.
Lanillos, EFE axborot agentligiga «Ushbu chaqiriq kuchlidir, chunki u nevrologlar tomonidan kelmoqda. To‘g‘rirog‘i, miya bunday mojarolarni qanday qabul qilishi va ishlashini tadiqiq qilgan insonlardan kelmoqda», - dedi.
Maktubda Hamasning 2023 – yilning 7 – oktabridagi hujumlari, garovga olinganlarning ushlab turilishi va bir yildan ortiq vaqt oldin boshlagan urushdan beri G‘azoda 48 ming nafardan ortiq insonning o‘limiga yo‘l ochgan va Isroilning «son - sanoqsiz urush jinoyatlari» ham doxil barcha tomonlar qo‘l urgan shiddat va zo‘rovonlik keskin qoralandi.
Barhca xalqlar uchun
Olimlarning ta’kidlashicha, mintaqa, tinch – totuv yashashga monelik qilgan dahshatli zo‘ravonlik va o‘ch olish halqasiga qamalib qolgan. Chunki har tomonni nafrat, o‘lim va vayronagarchilik egallab olgan.
EFE ma’lumotlariga ko‘ra, maktubda, inson psixologiyasi ko‘pincha ziddiyatli guruhlar o‘rtasidagi tafovutlarni bo‘rttirib ko‘rsatgani ammo shu bilan birga empatiya va hamkorlik qobiliyatiga ham e’tibor berishiga e’tibor qaratilgan.
Olimlar xalqaro hamjamiyatni, urushni to‘xtatishi uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi; Bunga qo‘shimcha ravishda qurol sotishni to‘xtatish yoki hamkorlik kelishuvlarini qayta ko‘rib chiqish ham talab qilindi.
«Biz Isroil xalqiga qarshi emasmiz. Biz barcha xalqlar - isroilliklar, falastinliklar va livanliklar bilan birgamiz», - deyiladi maktubda.
Ular Isroilning hozirgi siyosati falastinliklarga qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada katta ziyon yetkazgani va o‘z xalqi xavfsizligini ham tahlika ostiga qo‘yayotganini ta’kidladilar.
Maktubning tashabbuskori Fransiyadagi Sorbonna universiteti bilan AQShning Prinston universiteti tadqiqotchilaridir.